Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sirdaryoda erkak xotinini "pul topib kelmayabsan" degani uchun pichoqlab, o‘ldirdi
21.01.2021 10:21,  
541

Sirdaryo viloyati Shirin shahrida erkak turmush o‘rtog‘ini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqida Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Shirin shahar Do‘stlik mahallasida yashovchi 1958 yilda tug‘ilgan fuqaro B.A. 19 yanvar kuni soat 09:00 atrofida Shirin shahar IIBga o‘z aybiga iqrorligi to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilgan. Unda keltirilishicha, 2021 yil 18 yanvar soat 21:00 atrofida B.A. yashash xonadonida 1971 yilda tug‘ilgan shar’iy nikohidagi turmush o‘rtog‘i M.X. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan og‘zaki janjal oqibatida, "pul topib kelmayabsan" degani uchun shu yerda bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan uning tanasining turli joylariga jami 5 marotaba urib, uni qasddan o‘ldirgan.

Sudga oid tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, M.X.ning o‘limiga o‘tkir sanchib-kesuvchi jism bilan yetkazilgan ko‘krak qafasida 4 ta va qorin sohasida 1 ta tan jarohatlari oqibatida ichki va tashqi qon ketishi sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan. Voqea joyidan qonga o‘xshash dog‘lari mavjud bo‘lgan yog‘och dastali bir dona oshxona pichog‘i ashyoviy dalil sifatida olingan. Ma’lumot uchun, ularning 3 nafar farzandi bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Shirin shahar prokuraturasi tomonidan B.A.ga nisbatan jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан