Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sirdaryoda ham sudya IIB va Milliy gvardiya xodimlarining zo‘ravonligiga uchradi
15.07.2020 10:57,  
3973

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyati sudi sudyasi Alisher Ergashev IIB va Milliy gvardiya xodimlarining zo‘ravonligiga uchradi.

Ayni ma’lumotni O‘zA muxbiri bilan suhbatda tasdiqlagan Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov voqelik 2020 yil 13 iyul kuni ertalab sodir bo‘lganini bildirdi. Ya’nikim, jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyati sudi sudyasi Alisher Ergashev o‘zining boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashinasida doimiy yashash joyidan ish joyiga kelish maqsadida Guliston shahar hududiga kirishda o‘rnatilgan «karantin blok-posti» yo‘nalishida hosil bo‘lgan tirbandlikda taxminan 8.40 dan 09.35 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida kutib turgan. Ishga borishi shart bo‘lgani sabab blok-post tomon harakatlangan sudyani u yerdagi IIB va Milliy gvardiya xodimlari «viloyat hokimi kelayotganligi» aytib, shahar hududiga kiritishmaydi.

A.Ergashev o‘zining sudya ekani, xizmat guvohnomasini ko‘rsatar ekan, ishga ketayotganligini aytib, o‘tkazib yuborishni iltimos qilganida IIB va Milliy gvardiya xodimlari unga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lib, uning avtomashinasini qo‘li bilan urgancha tezroq bu joydan ketishini talab qilishadi. A.Ergashev ishga borishi shartligi, buning uchun shahar hududiga kirishi lozimligini takror aytganida unga 3-4 xodim kuch ishlatib, avtomashinasidan majburan tushiradi. Ayni jarayonda uning shaxsi, sudyalik lavozimi va qadr-qimmatini haqorat qilib, hatto tan jarohati yetkazishadi. Kamiga shaxsiy mulki hisoblangan avtomashinasi notanish IIB xodimi minib, voqea joyidan 250-300 metr uzoqlikdagi-yo‘lning chetiga olib borib, ochiq holda tashlab ketadi!.

Shunday g‘urbatlar bilan ishxonasiga arang yetib kelgan sudyaning sog‘lig‘i yomonlashadi va tez tibbiy yordam chaqirtiriladi. Tez tibbiy yordam xodimlari A.Ergashevning tanasidagi jarohatlarni ko‘zdan kechiradi, uning qon bosimi ko‘tarilganligini aniqlab, zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgach, viloyat shifoxonasining Shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga olib ketishadi.

Ayni paytda prokuratura organi tomonidan mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. A.Ergashevning olgan tan jarohatlari darajasini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertiza ekspertiza tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Jarqo‘rg‘on tuman hokimi Z. Davlatov tomonidan sudyalar obro‘sizlantirilgani, tuman sudi haydovchisi esa IIB xodimlari tomonidan do‘pposlanganiga oid xabarlar tarqalgandi. Keng jamoatchilik buni sudyalar daxlsizligini buzish sifatida baholab, ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalar hali sovumay Sirdaryoda bundan ham ayanchlisi yuz berib turibdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан