Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sirdaryoda haydovchi 750.000 so‘m pul berib javobgarlikdan qutilib qolmoqchi bo‘ldi. Lekin...
2.02.2021 10:05,  
122

Joriy yilning 18 yanvar kuni Sirdaryo viloyati, Guliston tumani IIB YHXB YPX xodimi T.Jo‘raboyev belgilangan taqsimot asosida Guliston tumani, Soyibobod MFY hududiga xizmatga jalb etilgan.

Xizmati davomida svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida harakatlanib o‘tgan “Matiz” rusumli avtomobilni to‘xtatgan. Haydovchi F.A.da ushbu transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi me’yoriy hujjatlari yo‘qligi ma’lum bo‘lgan va belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Haydovchi F.A. ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik va avtomobilini jarima maydonchasidan olib chiqish evaziga YPX xodimiga 100 AQSh dollar pulni pora tariqasida taklif etgan. YPX xodimi T.Jo‘raboyev haydovchining ushbu taklifini bildirgi orqali viloyat IIB boshlig‘i nomiga ma’lum qilib qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.

Xodimning bildirgisi asosida joriy yilning 18 yanvar kuni huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro F.A. 750.000 (yetti yuz ellik ming) so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida YPX xodimiga bergan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan IJQK Departamentining Guliston tumani bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 211-modda (Pora berish)si 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан