Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sirdaryoda hokimning qarorlarini sohtalashtirib, firibgarlik sodir qilgan shaxsga sud hukmi o‘qildi
27.12.2021 08:51,  
103

Sh.Odinayev hech qayerda ishlamasdan, unda yer maydoni ajratish va egalik qilish huquqiga oid hujjatlarni tasdiqlash vakolati bo‘lmasa-da, 2020 yil 6 iyul kuni o‘zining o‘rtog‘i D.Mustafaqulovga Guliston shahar hokimligida ishlovchi tanishlari orqali, Guliston shahar hududidan uy-joy qurish uchun 0,04 gektar yer ajratib berishni va’da qilib, uni ishontirib, aldab, pora berishga dalolat qilib, jami 11.000.000 so‘mini qo‘lga kiritib, D.Mustafaqulovni ishontirish uchun Guliston shahar hokimligining 2020 yil 06 iyul kungi 1473-sonli “Guliston shahar hududidan turar-joy qurish uchun yer maydoni ajratish to‘g‘risida”gi qalbaki qarorni tayyorlab bergan. Bundan tashqari, Sh.Odinayev 2020 yil avgust oyida M. Saipovaga Guliston shahar hokimligida ishlovchi tanishlari orqali Guliston shahar hududidan uy-joy qurish uchun 0,06 gektar yer ajratib berishni va’da qilib, uni ishontirib, aldab, pora berishga dalolat qilib, jami 2.600.000 so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, M.Saipovani ishontirish uchun unga Guliston shahar hokimligining 2020 yil 14 avgust kungi 1664-sonli “Guliston shahar, Qaropchi mahallasi hududidan turar-joy qurish uchun yer maydoni ajratish to‘g‘risida”gi qalbaki qarorni tayyorlab bergan.

Shuningdek, Sh.Odinayev 2020 yil noyabr oyida M.Saipovaga singlisi Saipova Maftunani nomiga Guliston shahar hokimligida ishlovchi tanishlari orqali Guliston shahar hududidan uy-joy qurish uchun 0,06 gektar yer ajratib berishni va’da qilib, ishontirib, aldab, pora berishga dalolat qilib, jami 2.450.000 so‘mni qo‘lga kiritib, M.Saipovani ishontirish uchun unga Guliston shahar hokimligining 2020 yil 11 noyabr kungi 2145-sonli “Guliston shahar, Qaropchi mahallasi hududidan turar-joy qurish uchun yer maydoni ajratish to‘g‘risida”gi qalbaki qarorni tayyorlab bergan.

Bundan tashqari, Sh.Odinayev 2021 yil 26 fevral kuni o‘rtog‘i D.Mustafaqulovga turmush o‘rtog‘i G.Tagaymuratovaning nomiga Guliston shahar hokimligida ishlovchi tanishlari orqali Guliston shahar, Qaropchi mahallasi hududidan uy-joy qurish uchun 0,04 gektar yer ajratib berishni va’da qilib, ishontirib, aldab, pora berishga dalolat qilib, jami 11.000.000 so‘mni qo‘lga kiritib, D.Mustafaqulovni ishontirish uchun unga Guliston shahar hokimligining 2020 yil 06 iyul kungi 1473-sonli “Tagaymuratova Gulchehra Tuychiyevnaga Guliston shahar, Qaropchi mahallasi hududidan turar-joy qurish uchun yer maydoni ajratish to‘g‘risida”gi qalbaki qarorni tayyorlab bergan vaqtda, ushbu qarorni D.Mustafaqulov tekshirtirib soxta ekanligini ma’lum qilganida — “hokimiyatda ishlovchilar shoshma-shosharlik bilan qarorni tayyorlaganligini”, haqiqiysini olib kelib berishini aytib, 2021 yil 26 fevral kungi 21/58-sonli “Guliston shahar, Qaropchi mahallasi hududidan turar-joy qurish uchun yer maydoni ajratish to‘g‘risida”gi qalbaki qarorni tayyorlab bergan.

Sud, mazkur jinoyat ishini mazmunan ko‘rib chiqib, Sh.Odinayevga O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi, 228-moddasi 2-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan JKning 57, 59,61-moddalariga asosan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан