Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sirdaryoda kuchli shamol ko‘pqavatli uy tomini uchirib yubordi
31.01.2021 16:38,  
390

30 yanvar kuni Sirdaryo viloyati, Xovos tumanida joylashgan ko‘p qavatli uyning tom qismini qattiq shamol uchirib yuborgan.

Voqea joyiga zudlik bilan tuman FVB Yong‘in-qutqaruv xizmati xodimlari yetib borib, falokat oqibatlarini bartaraf etishga kirishgan.

Hodisa guvohlarining ma’lum qilishicha, sodir bo‘lgan hodisa natijasida insonlarning halok bo‘lishi yoki tan jarohati olishi kuzatilmagan.

Sirdaryo viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi tomonidan ma’lum qilinishicha, ushbu binoning tom qismi 2019 yil yoz oylarida profnastil bilan kapital ta’mirlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda ham shunday hodisa kuzatilgandi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан