Sirdaryoda paxta terimiga barakali hosil tilab, qoramol so‘yildi

Sirdaryoda paxta terimiga barakali hosil tilab, qoramol so‘yildi

Bugun Sirdaryo tumanidagi Baxt paxta tozalash OAJ birinchi paxta karvonini qabul qildi. Bu haqda Sirdaryo tumani hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirda  Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i Sh.Mavlyanov, tuman sektor rahbarlari, SIU raislari, fermerlar hamda tegishli tashkilot vaqillari qatnashdilar.

Paxta karvonini qabul qilish oldidan Sirdaryo tumani bosh imom-xatibi    A.Ismoilov tomonidan  Quron tilovat qilindi va oltin xirmonimizga o‘z xissasini qo‘shayotgan barchaga kuch-g‘ayrat hamda barakali hosil tilab duolar qilindi hamda bir bosh qoramol (xo‘kkiz) so‘yilib, qurbonlik qilindi.

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i Sh.Mavlyanov tadbirni ochib berdi va paxtani kechiktirmasdan yig‘ib olishni va terimchilar uchun zaruriy shart-sharoit yaratish xaqida gapirib o‘tdi.

Sirdaryo tumanida rasman paxta yig‘im-terimi boshlandi.