Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sirdaryoda sardobaliklar uchun qurilayotgan uylarni qaysi kompaniyalar quradi?
16.05.2020 14:15,  
538

Xalqaro press-klubning Sardoba voqealariga bag‘ishlangan sessiyasida gazeta.uz muxbiri Shuhrat Latipov Sardoba texnogen ofatidan zarar ko‘rgan aholi uchun uylarni quruvchi kompaniyalarga tender o‘tkazilgan-yo‘qligi bo‘yicha savol berdi.

Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov muddat kamligi uchun quruvchi kompaniyalar ishini o‘rganib, 3 ta kompaniya tanlanganini ma’lum qildi.

"Shodlik" mahalla fuqarolar yig‘ini oldida qurilayotgan 20 ta uyni "Whitecity Construction" quradi. U kompaniya Chilonzor tumanidagi Oqtepada, Sergeli tumanida monolit uylar qurgan va Talabalar shaharchasida o‘qituvchilar uchun uylar qurgan. Ko‘p mutaxassislari yangi texnologiya bo‘lgani uchun turklardan iborat.

Ikkinchisi - "Ecopark" korxonasi "Tapoich" hududining ro‘parasida ekouylarni, Taraqqiyot ko‘chasidan yangi ko‘prikkacha qurilish olib borgan kompaniya.

Uchinchisi - @Gold Step Invest" Qorasuv dahasida Milliy gvardiya uchun uylar qurgan. Shuningdek, «Al-Xorazmiy» maktabini ham shu korxona qurgan.

Shu uchta korxona tanlab olinib, ularga asosiy shartlar qo‘yilib, tezlik bilan zamonaviy, energiya tejamkor va sifatli uylar qurish qo‘yilgan. Hozirgi kunda loyihalash ishlari bilan parallel ravishda mobilizatsiya ishlarini boshlab yuborishgan. Ularning narxi boshqalarga nisbatan arzonroq", - dedi Sherzod Hidoyatov. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан