Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sirdaryoda tadbirkor raqobatchisini o‘ldirish uchun qotil yolladi
12.12.2020 12:10,  
658

Sirdaryoda odam yollab raqobatchi tadbirkorni o‘ldirishga uringan “ishbilarmon” ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 7 dekabr kuni shaxsini sir saqlashni so‘ragan “X” ismli fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. U tanishi tadbirkor J.Z. (1994 y.t., muqaddam sudlangan) uni muqaddam “Bosqinchilik” jinoyati uchun sudlanganligidan xabar topib, o‘ziga raqobatchi deb bilgan tadbirkor M.D.ni o‘ldirishga buyurtma qilganini bildirgan. 

Bu xizmati evaziga J.Z. 5 000 AQSh dollari berishni va’da qilgan va taklifini rad qilgan taqdirda boshqa shaxslarni yollab bo‘lsa ham uni o‘ldirishini aytgan. Shuningdek, u “X”ga oldindan 1 000 AQSh dollari bermoqchi bo‘lgan. Fuqaro o‘z murojaatida uni jinoyat sodir qilishga undayotgan J.Z.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Joriy yilning 10 dekabr kuni Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda “X” ismli shaxs Guliston shahrida joylashgan qabriston yaqinida tadbirkor M.D.ni qotillik alomatlari bilan yotgan, yuz va bosh qismi grim qilingan jasadi va uni vafot etgani sun’iy ravishda yaratilgan foto suratini ko‘rsatgach, buyurtmachi tadbirkor J.Z. Mirzaobod tumani Bog‘iston mahallasi hududida unga 4 000 AQSh dollarini bergan vaqtida ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan J.Z.ga nisbatan JKning 25, 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi J.Z. protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан