Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sirdaryoda tadbirkorni qiyratgan jinoiy to‘da a’zolari qo‘lga olindi
15.02.2021 08:39,  
582

Tadbirkorlar va fuqarolarni tovlamachilik va qo‘rqitish yo‘li bilan “ulush” olayotgan to‘da a’zolari ushlandi. Ularning “Mestniy” va “Boksyor” laqabi bo‘lgan.

Sirdaryo viloyatida tadbirkorga zo‘ravonlik qilgan jinoiy to‘da hibsga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, 5 fevral kuni xususiy tadbirkor D.M. Sirdaryo viloyatida onasi bilan o‘zining “Malibu-2” avtomashinasida ketayotganida yo‘lini “Neksiya-2” avtomashinada bir guruh shaxslar to‘sadi.

Mashinadan muqaddam bir necha marotaba sudlangan A.E. (taxallusi Mestniy) o‘zining 2 nafar niqobli sheriklari bilan tushib, D.M.ning bo‘yniga o‘tkir tig‘li pichoq tirab, zudlik bilan 45 ming dollar berishini talab qiladi.

Agar bu haqda huquq-tartibot idoralariga xabar qilsa, uni onasi guvohligida o‘ldirib ketishlari va hech narsadan qaytmasliklarini aytishadi. Unga bir necha kunga muhlat berishadi.

Shundan so‘ng A.E. o‘zi singari muqaddam bir necha marta sudlangan R.B. (taxallusi Boksyor) bilan birga jabrlanuvchi D.M.ning uyiga borib, talab qilingan pullardan 17 ming dollarni zudlik bilan topib berishni yoki hozirda jazoni o‘tayotgan tanishlarini chiqartirishni yoxud giyohvand moddalari bilan qamoqqa olingan qarindoshini har qanday yo‘llar bilan bo‘lsa-da, jinoiy javobgarlikdan ozod qilishni talab qilishadi. Bo‘lmasa o‘ldirish bilan tahdid qilishadi.

Holat yuzasidan IIV, DXX, Sirdaryo viloyati IIB hamda DXX Sirdaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tadbir o‘tkazgan. Unda fuqarolar A.E. va R.B. jabrlanuvchi D.M.dan tovlamachilik yo‘li bilan talab qilingan pullardan bir qismi, ya’ni 10 ming dollarni (kimyoviy ishlov berilgan) olgan vaqtida dalillar bilan qo‘lga olingan.

Ta’kidlanishicha, xususiy tadbirkor D.M. – Sirdaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi bir necha xususiy klinika, apteka, issiqxona, avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari, tijorat do‘konlari va boshqa tarmoq savdo majmualarini o‘z ichiga olgan MChJ rahbaridir.

Hozir Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Gumonlanuvchilar qamoqqa olingan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан