Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sirdaryoda yoqib yuborilgan erkak kishining jasadi topildi
30.05.2021 13:08,  
2111

Ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilinishicha, ushbu dahshatli qotillik Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hududida sodir bo‘lgan.

O‘rta yoshlardagi erkak kishining 100% kuygan — yoqib yuborilgan jasadi 28-may kuni kunduzi (tushdan keyin) Mirzaobod tumani hududidagi dalalardan birida topilgan. Jasad yonida oq rangli «Kobalt» avtomobili ham topilgan bo‘lib, avtomobilga shikast yetkazilmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi jasad topilganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandi (O‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligini ma’lum qildi.

Hozirda Sirdaryo viloyati prokuraturasi va Ichki ishlar boshqarmasining malakali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tomonidan jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан