Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sirdaryodagi 2000 ta oilaga Amerika xalqining yordami yetkazildi (fotojamlanma)
29.05.2020 18:16,  
651

Bugun AQShning O‘zbekistondagi elchisi Daniyel Rozenblyum, Amerika xalqi O‘zbekistonga ko‘rsatayotgan yordamining bir qismi sifatida, Sardoba suv ombori o‘pirilishi ortidan «Sog‘lom avlod uchun» nodavlat xayriya jamg‘armasiga zarur vositalarni topshirdi. O‘zbekistondagi AQSh elchixonasining xabar berishicha, ushbu insonparvarlik yordami tabiiy ofatdan jabrlangan 2000 ta oilaga yetkaziladi.

Foto: AQSh elchixonasi

AQSh hukumati Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) qoshidagi Tabiiy ofatlarda yordam ko‘rsatish boshqarmasi orqali taqdim etgan insonparvarlik yordami oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa zarur narsalardan (gigiyena vositalari, ko‘rpa-to‘shaklar, choyshablar, suv tozalash uchun tabletkalar va boshqalar) tashkil topgan. Bularning barchasini O‘zbekistondagi «Sog‘lom avlod uchun» jamg‘armasi mahalliy ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilardan sotib olib, har bir jabrlangan oila uchun alohida paketlarga joyladi. Jamg‘arma ushbu insonparvarlik yordamini suv toshqini bo‘lgan hududlarga yetkazib beradi hamda uni Sirdaryo viloyatidagi hududiy filiali orqali tarqatadi.

Foto: AQSh elchixonasi

Sirdaryo viloyati hokimiyati bilan hamkorlikda «Sog‘lom avlod uchun» jamg‘armasi yordamga muhtojlarni aniqladi va u AQSh hukumati ko‘magi o‘z egalariga yetib borishini kafolatlaydi. Ushbu xayriyadan asosiy maqsad ehtiyojmand oilalarning xavfsizligi, tinchligi, sanitariya himoyasi va shaxsiy gigiyenasini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Foto: AQSh elchixonasi

"Ushbu insonparvarlik yordami bilan AQSh hukumati suv ombori o‘pirilishi tufayli uylaridan evakuatsiya qilingan muhtoj oilalarga oziq-ovqat va boshqa asosiy vositalarni tarqatish orqali O‘zbekistonga inqirozga tegishli javob qaytarishda yordam beradi.

Favqulodda yordamni qo‘llab-quvvatlashdan tashqari, USAID mamlakat iqtisodini diversifikatsiya qilish va mintaqaviy savdoni kuchaytirish, salomatlikka jiddiy xavflarni bartaraf etish hamda aholi ehtiyojlarini qondirishda hukumat imkoniyatlarini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston hukumati bilan birgalikda ish olib bormoqda," - deyiladi elchixona xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан