Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sirdaryodagi maktabda mushtlashgan o‘quvchi qizlarning ota-onalariga chora ko‘rildi — video
4.04.2021 10:28,  
1997

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi 5-umumta’lim maktabida mushtlashgan o‘quvchi qizlarning ota-onalariga chora ko‘rildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan so‘ng viloyat Ichki ishlar boshqarmasi vakillari hodisaga aniqlik kiritgan va holat yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgan. Unda mushtlashgan qizlar, ularning ota-onalari, videoni tasvirga olgan yigit ishtirok etgan. Ta’kidlanishicha, qizlar bu eski voqea ekani, hozir do‘stlashib ketganini aytgan. Ular, shuningdek, o‘sha vaqtda kelishmovchilikdan tortishib qolganini va shu sabab mushtlashganini ta’kidlagan. Ma’lum qilinishicha, videoni tasvirga olgan yigitning ota-onasi ham jarimaga tortildi.

Qayd etilishicha, Mirzaobod tumani hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiya mazkur holatni muhokama qildi. Unga ko‘ra, voqea qachon bo‘lganidan qat’i nazar, holat ishtirokchilarining ota-onalariga tegishli tartibda chora ko‘rilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi bilan ba’zaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida, ya’ni 490 ming so‘m jarimaga tortildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан