Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sirdaryodagi yong‘inda oilaning 6 nafar a’zosi vafot etdi
17.02.2020 09:55,  
411

Joriy yilning 17 fevral kuni soat 02:40da Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani, Sardoba shaharchasi, “Ko‘rkam diyor” MFY, Robot ko‘chasidagi 3-uy, 1-xonadonda yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda FVV xabar qildi.

Yong‘in natijasida uyning kirish yo‘lagi va yotoqxonasining 40 kv.m maydondagi uy jixozlari yongan.

Yong‘in soat 03:00da o‘rab olinib, soat 03:45da o‘chirilgan. Ayanchlisi, buning oqibatida ushbu uydagi 6 nafar fuqarolar halok bo‘lishgan. Vafot etgan fuqarolar: B.Z. 1972 y.t. (uy egasi), N.X., 1976 y.t. (turmush o‘rtog‘i), O.Sh., 1996 y.t. (qizi), O.D., 2006 y.t. (qizi),O.A., 2010 y.t. (o‘g‘li), N.N., 2018 y.t. (nabirasi).

Voqea joyiga FVV rahbariyati, viloyat FVB, IIB, prokuratura, tuman FVB, SSB xodimlari, IIB tergov tezkor guruhi hamda tegishli xizmatlarning kuch va vositalari jalb etilgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан