Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sirdaryoga yuborilgan xayriyalar ko‘pligidan yoqib yuborilyaptimi? FVV izoh berdi (foto)
20.05.2020 14:39,  
3843

Avvalroq, Sirdaryo viloyatida to‘g‘on buzilishidan zarar ko‘rgan aholi uchun jo‘natilgan xayriyalar ko‘pligidan yoqib yuborilayotgani haqida xabar tarqalgan edi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ushbu vaziyatga oydinlik kiritdi.

Ma’lum qilinishicha, Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida yuzaga kelgan suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda. Toshqin hududlari suvdan holi etilib, quruq va qulay holatga keltirildi.

Hozirda bu maydonda ikkilamchi tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, oqim vaqtida zarar yetgan ashyolar, uy xo‘jaligi buyumlarini yig‘ish, ularni hududdan olib chiqish va yo‘qotish tadbirlarini misol qilish mumkin.

Chunki bunday vositalar qayta foydalanish uchun yaroqsiz hisoblanib, sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydi, deyiladi vazirlik xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан