Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Sitorai Mohi Xossa"da ta’mirlash ishlari talablariga zid ravishda olib borilgani aniqlandi
15.04.2022 17:49,  
59

O‘rganish davomida ta’mirlash ishlari madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish talablariga zid ravishda olib borilgani aniqlandi, deya xabar beradi Madaniy meros agentligi.

Xususan, ta’mirlash-restavratsiya loyihalari maxsus Ilmiy-ekspert kengashi bilan kelishilmagan, tegishli ruxsatnomalar olinmagan va yana bir qator talablar qo‘pol ravishda buzilgan.

Majmuada restavratsiya ishlari noto‘g‘ri olib borilgani tufayli saroyning bir qator qismi tarixiy va badiiy ahamiyatini butkul yo‘qotgan.  

Agentlik tomonidan o‘rganish ishlari yakunlari huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga taqdim etildi.  

Ayni vaqtda Bosh prokuratura tomonidan mazkur holatlar bo‘yicha mutasaddi mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularning harakatlariga huquqiy baho berilmoqda.

Sitorai Mohi Xossa Buxoro amirlarining yozgi saroyi hisoblanib, asosiy binolar amir Mir Sayyid Olimxon (1911-1920 yillar) hukmronligi davrida qurilgan.

Hozirda muzey sifatida faoliyat yuritayotgan majmuaga yiliga 158 ming (shundan 63 ming nafari xorijiy) sayyoh tashrif buyuradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан