Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Siz bokschisiz, yana uring".Angrenda o‘qituvchi dars payti o‘quvchini urdi
9.02.2021 16:59,  
2362

Angren shahridagi 41-maktab o‘quvchisi o‘qituvchi tomonidan kaltaklagani holati yuzasidan Angren shahar XTB munosabat  bildirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 4 fevral kuni maktabning biologiya fani o‘qituvchisi Z.T. 9-«V» sinfiga dars o‘tayotganida, "o‘quvchi A.Q. darsga daftarsiz kelib, jarayonga xalaqit qiladigan qiliqlar qilgan".

O‘qituvchi o‘quvchiga besh martadan ko‘p ogohlantirish bergan.

Z.T. mavzuni tushuntirayotganida yana "noo‘rin qiliq qilib, uni masxara qilgan" o‘quvchining ustidan bir musht tushirgan. A.Q. o‘qituvchisiga «Siz boksyorsiz yana musht tushiring» degani uchun Z.T. jahl ustida o‘quvchiga bir necha bor musht tushirgan.

O‘qituvchi Z.T. qon bosimi ko‘tarilib xonada ikki soat o‘tirib qolgani uchun holat bo‘yicha rahbariyatga xabar bermagan. 

8 fevral kuni o‘quvchi A.Q. uzr so‘ragan va o‘qituvchi bilan o‘zaro kelishib olgan. O‘qituvchi Z.T. o‘quvchi va uning ota onasidan bo‘lib o‘tgan holat yuzasidan kechirim so‘radi, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан