Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Skver»dagi 1 million dollarlik joy «xorijlik» tadbirkorga tekinga berib yuborildimi?
19.05.2020 10:14,  
677

Toshkent shahri tobora zichlashib, bo‘sh yer deyarli qolmayapti. Balki megapolislar uchun shunaqa ham bo‘lishi kerakdir. Ammo shaharsozlik qoidalari, fuqarolarga qulayliklar haqida ham kimdir qayg‘uradimi? - deb yozmoqda huquqshunos-bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Vijdonan aytingchi, so‘nggi yillarda ko‘chalarda mashina qo‘yish uchun biror sharoit yaratildimi? Yo‘q. Aksincha muammo tobora kattalashib bormoqda.

Kuni-kecha «Poytaxt» savdo markazi ro‘parasidagi avtoturargoh o‘rnida qurilish ishlari boshlandi. Xabar berilishicha, bu joy Toshkent shahar hokimining 2019 yil 28 martdagi 467-sonli qarori asosida Chexiyaning «IMP NEW PAY» kompaniyasiga 25 mln AQSh dollaridan kam bo‘lmagan investitsiya kiritish sharti bilan teppa-tekinga, hech qanaqa tenderlarsiz berib yuborilgan.

Eng qizig‘i, buni qarangki, qandaydir tasodif bilan chexiya kompaniyasining 95%lik ulushiga o‘zimizning «Real House» qurilish firmasi rahbari, O‘zbekiston fuqarosi Isroil Yunusov egalik qilar ekan.

Va undan ham qizig‘i poytaxtning qoq markazida bozor qiymati taxminan 1 mln dollarga teng bo‘lgan bu joy berib yuborilgan Chexiyaning «IMP NEW PAY» kompaniyasining ustavida atigi 1000 kron (40 dollar) bor ekan.

Kimni aldayapmiz? Qachongacha aldaymiz?

Avtoturargoh borasidagi mantiqsizliklar haqida ikki og‘iz.

Butun jamoatchilik agar bu yerda biznes markaz qurilsa, unda shu atrofdagi juda ko‘p tashkilotlarning xodimlari mashinasini qayerga qo‘yadi, axir bu yer markaz bo‘lsa, hammayoqda taqiqlovchi belgilar bor bo‘lsa, bo‘sh joydan umid ham qilmasa bo‘ladiku, deya e’tiroz bildirmoqda.

Shahar hokimligi esa qurilayotgan 9 qavatli binoning yerto‘lasidagi 3 ta qavatda bepul avtoturargoh bo‘lishini aytmoqda. Buzilayotgan sobiq avtoturargohda 180ta avtomobil uchun o‘rin bo‘lgan bo‘lsa, qurilish bitganidan so‘ng 250ta avtomobil uchun o‘rin qilinar ekan. Ya’ni 70 taga joy ko‘payadi.

«Demak, xavotirlarga o‘rin yo‘q, qurilish yakuniga ko‘ra avtoturargoh nafaqat yo‘qolmaydi, balki sig‘imi kengayadi», deyiladi xabarda.

Lekin bu gaplarda unchalik ham mantiq yo‘q, odamlarni chalg‘itish bor xolos. Hozir tushuntiraman.

Ushbu avtoturargoh sig‘imi shundoq ham hozirgi sharoitda atrofdagi tashkilotlar xodimlarining ehtiyojlari uchun yetmas edi. Shu sababli ham o‘sha atroflarda ko‘chalarga taqiqlovchi belgilar tagiga ham mashinalar qo‘yib tashlanadi. Chunki xalq shuncha majbur, boshqa iloji yo‘q.

Endi tasavvur qiling, bu yerga 3 qavati savdo do‘konlari, qolgan 6 qavati ofislardan iborat bo‘lgan biznes markaz qurilsa, demak hozirgi sig‘imga kamida yana 300 ta mashina qo‘shiladi, deganimi? Ya’ni 250 talik avtoturargoh 9 qavatli biznes markazni o‘ziga kamlik qiladiku. Biznes markazni o‘ziga yetmasa, atrofdagi tashkilotlar xodimlari keyin nima qiladi?

Shunchaki tasavvur qilinglar, yuzlab insonlar mashinalarini qayerga qo‘yishadi? Bunga kimdir mantiqli javob bera oladimi?

Ha, aytgancha yana bir gap. Shahar hokimligi investor (ya’ni yurtdoshimiz) qurilishni ancha kech boshlaganini aytmoqda. Xo‘sh, agar u qurilishni ancha kech tugatsa, unda nima bo‘ladi? Ya’ni qurilish aytaylik 5-6 yil davom etsachi? Demak 5-6 yilgacha 250 talik avtoturargoh ham bo‘lmaydi, shundaymi? Bu paytda aholi nima qiladi?

Bu hozircha juda oddiy va yengil savollar xolos. Biz hali bir yumalab xorijiy investorga aylanib olgan mahalliy tadbirkorlarimizga hech qanaqa tendersiz, tekinga berilgan 1 mln dollarlik yer haqida chuqurlashib so‘ramayapmiz. Uni boshqa tegishli tashkilotlar ko‘proq so‘rashi kerak aslida...

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан