Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Skver»dagi avtoturargoh o‘rniga nima quriladi?
18.05.2020 23:15,  
555

Ijtimoiy tarmoqlarda «Poytaxt» savdo markazi ro‘parasidagi bepul avtoturargoh o‘rnida qurilish olib borilayotgani va endi Toshkentdagi kam sonli bepul avtoturargohlardan birining taqdiri noma’lum qolayotgani to‘g‘risida xavotirli xabarlar tarqaldi. 

Kun.uz nashri vaziyatga izoh olish maqsadida Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati rahbari Furqat Mahmudxo‘jayev bilan bog‘landi.

«Matbuotchilar ko‘chasidagi 0,23 gektar maydon Toshkent shahar hokimining 2019 yil 28 martdagi 467-sonli qarori asosida Chexiyaning «IMP NEW PAY» kompaniyasiga 25 mln AQSh dollaridan kam bo‘lmagan investitsiya kiritish sharti bilan ajratib berilgan. Loyiha muntazam o‘tkazib kelinayotgan «Investorlar kuni» doirasida taqdim etilgan va bu yerda 1-2-3-qavatlari savdo do‘konlari, yuqori qavatlari ofislardan iborat 9 qavatli bino qurilishi rejalashtirilgan. Ko‘pchilikni o‘ylantirayotgan mavzu – avtoturargoh masalasi boshidanoq nazarda tutilgan. Binoning yerto‘la qismi (-1,-2,-3 qavatlari) to‘lig‘icha avtoturargoh bo‘ladi.

Bu talabni qo‘yganimiz sababi ma’lum – hudud hamisha avtomobillar bilan gavjum, atrofda turli tashkilotlar ko‘p, ayniqsa yoz oylarida sayilgohga keluvchilar ko‘p bo‘ladi. Shu paytgacha sobiq avtoturargohda 180ta avtomobil uchun o‘rin bo‘lgan bo‘lsa, qurish bitganidan so‘ng 250ta avtomobil uchun o‘rin qilinadi va eng muhimi tashrif buyuruvchilar bu joylardan bepul foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Demak, xavotirlarga o‘rin yo‘q, qurilish yakuniga ko‘ra avtoturargoh nafaqat yo‘qolmaydi, balki sig‘imi kengayadi», deydi Furqat Mahmudxo‘jayev.

Hokimlik vakili maydon nega ochiq auksionga chiqarilmay qaror bilan berilgani haqidagi savolga ham javob berdi.

«Qaror sanasiga e’tibor bersangiz bir yildan ortiq vaqt o‘tgan. Investor qurilishni ancha kech boshlagani shunday tushunmovchiliklar keltirib chiqardi», deydi u.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан