Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Skver»dagi binolar tendersiz berilmagan, ular ochiq savdoga qo‘yiladi – Davaktiv
9.06.2020 11:50,  
160

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda davlat ob’yektlari hech qanday tendersiz xususiy sektorga nol qiymatida berib yuborilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati ushbu masala yuzasidan munosabat bildirdi:

Ma’lumki, O‘zbekistonda mavjud amaldagi qonunchilik bo‘yicha davlat aktivlarini auksion, tanlov, birja savdolari kabi ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan. Shunga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-may oylarida ommaviy savdolar orqali 322 ta davlat aktivi, jumladan 273 ta davlat ko‘chmas mulk ob’yekti, 41 ta davlat ulushi, 8 ta aksiya paketi 377,1 mlrd so‘mga, 900,0 mlrd so‘m investitsiya kiritish va 4003 ta yangi ish o‘rni yaratish sharti bilan sotildi.

Ayrim ob’yektlar uni tezroq ishga tushirish, loyihani ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqib, faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan, istisno tariqasida to‘g‘ridan–to‘g‘ridan sotilishi mumkin. Lekin, ular umumiy sotilayotgan ob’yektlar soniga nisbatan juda ham kam miqdorni tashkil etadi. Qayd etish kerakki, ular uzoq yillar davomida faoliyat ko‘rsatmay kelayotgan yoki bo‘sh turgan korxona va ob’yektlardir.

MAVZUGA DOIR:

«Skver»dagi 1 million dollarlik joy «xorijlik» tadbirkorga tekinga berib yuborildimi?

«Skver»dagi avtoturargoh o‘rniga nima quriladi?

Toshkent shahri Amir Temur xiyoboni Buxoro va Nuroniylar ko‘chalari kesishuvida joylashgan Gazetalar ishlab chiqarish majmuasining bo‘sh turgan binolar qismi hamda Buxoro ko‘chasi, 10-uy manzilida joylashgan sobiq Sverdlov nomidagi konsert zali haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, mazkur binolar foydalanilmay, eski ko‘rinishga kelib qolgan va shahar ko‘rkini buzib turgan binolar hisoblanadi.

Agentlikga aynan ushbu ob’yektlarga «Forsa Barsa» MChJ tomonidan 5 yil muddat ichida 15 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish, ularni to‘liq rekonstruksiya qilish majburiyatini olgan holda ob’yektlar negizida gastrol-konsert faoliyatini tashkil etish va kamida 150 ta yangi ish o‘rnini yaratish sharti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish bo‘yicha murojaat kelib tushgan.

Lekin, bu takliflar rad etilgan. Ushbu ob’yektlar ommaviy savdolar orqali sotiladi. Va eng yaxshi taklif bergan investor unga ega bo‘ladi.

Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, Agentlik xususiylashtirish jarayonlari ochiq va shaffof amalga oshirilishidan manfaatdor. Kelajakda ham ishlarni shu asosda davom ettiradi. Fikrimizga esa, yangi qabul qilinayotgan xususiylashtirish dasturi va undagi sotilishi mo‘ljallanayotgan barcha korxona va ob’yektlar ro‘yxati OAV vakillari ishtirokida muhokama qilingani va bu jarayonlar Respublika televideniyesi, matbuoti va internet saytlari orqali yoritilgani asos bo‘ladi", deyiladi agentlik xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан