Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






S.Lavrov men hurmat qiladigan shaxslardan biri — A.Qodirov Rossiya tashqi ishlar vaziri haqida o‘z fikrini bildirdi
23.05.2021 18:16,  
343

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"S.Lavrov men hurmat qiladigan shaxslardan biri. Juda ko‘p fikrlari to‘g‘ri bo‘ladi. Quyidagi so‘zlari ham ayni muddao. Shu so‘zlarni bizning vazir ham G‘arbning yoniga Rossiyani o‘zini ham qo‘shib qo‘yib foydalansa bo‘larkan.

"Biz G‘arb bilan do‘st bo‘lishga tayyormiz, lekin shuni ta’kidlayman: faqat asrlar va ming yillar davomida mamlakatimiz mavjudligini ota-bobolarimizdan meros qilib olgan o‘z qadr-qimmatimizni his qilgan holda.

Biz har doim milliy g‘ururni saqlab kelmoqdamiz, bu juda muhim xususiyat, hamma millatlarda ham bu mavjud emas va bizning vatanparvarligimiz, shu jumladan adolatni himoya qilish va zaiflarga yordam berishga tayyorligimiz juda muhim. Bular eng katta insoniy fazilatlar va kundalik hayotda biz ulardan faxrlanar ekanmiz, unda shubhasiz, xalqaro maydondagi pozitsiyamizda ham buni namoyon qilishimiz kerak", deydi Lavrov.

Vazirning ta’kidlashicha, shu bilan birga Rossiya har bir rus uchun qadrli bo‘lgan o‘z tarixi va urf-odatlarini e’tiborsiz qoldirib, G‘arb bilan munosabatlarni rivojlantira olmaydi. Fuqarolarning farovonligi esa Rossiya tashqi siyosatining asosiy maqsadi hisoblanadi" deb yozadi deputat.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан