Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






So‘m devalvatsiyasi sababli tadbirkorlar uchun imkon berish tavsiya qilinmoqda
21.08.2019 17:30,  
22

O‘zbekiston hukumati davlat banklariga valyutada qarzi bor qarzdorlari bilan uchrashishni tavsiya qilmoqda. Bu haqda seshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov ma’lum qildi.

Yil boshidan buyon dollarning so‘mga nisbatan kursi 12,5 foizga o‘sib, 1 yanvardagi 8336,25 so‘mdan 21 avgust kuni 9384 so‘mga ko‘tarildi (20 avgust kuni so‘m erkin suzuvchi kursga o‘tdi). Dollar kursi eng ko‘p avgust oyida ko‘tarildi (679 so‘mga). Xorijiy valyutalar kursining keskin ko‘tarilishi bir qator tashqi va ichki omillar sabab qilib ko‘rsatildi.

«Gazeta.uz» nashrining valyutada kreditlari bo‘lgan korxonalarda defolt xavfining oshishi ehtimollari to‘g‘risidagi savoliga javob berar ekan, moliya vazirining birinchi o‘rinbosari hukumat aralashmasligi, o‘zini o‘zi aldamasligi va devalvatsiyani sun’iy ravishda ushlab turishga harakat qilmasligi kerak, dedi.

«Biz bunga olib kelgan dalillar va xatolar ustida ishlashimiz kerak. Boshqa tomondan esa buning oqibatlarini yumshatish uchun nimadir qilishimiz ham kerak. Devalvatsiyalar masalasida — hukumat tarkibida davlat banklarining aksionerlari sifatida barcha davlat banklariga xorijiy valyutada kredit olgan, ayniqsa xususiy sektrdagi barcha qarzdorlari bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazishni tavsiya etishni rejalashtirmoqdamiz. Agarda ular devalvatsiyaning bu darajasi ularning kreditlarni qoplashiga ta’sir ko‘rsatayotganini ko‘rayotgan bo‘lsa, biz 2017 yilda amalga oshirganimiz kabi uchrashuvga borishlari kerak va, ehtimol, qandaydir yengillik berish, to‘lovlar jadvalini qayta ko‘rib chiqish, imtiyozli davrni uzaytirish yoki qayta ko‘rib chiqish kerak», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, banklar o‘z qarzdorlari uchun shartlarni yengillashtirishdan manfaatdor bo‘lishlari kerak.

«Albatta ommaviy bo‘lmaydi — individual yondashuv bo‘ladi, hisob-kitoblar bo‘yicha. Banklar ushbu tavsiyalarsiz ham uchrashuvga borishadi, chunki ular uchun ham iste’molchilarda defolt bo‘lishidan foyda yo‘q. Yaxshisi biznes bilan uchrashish, ularga risoladagidek ishlashiga imkon berish va o‘z kreditlarini qaytarib olgan ma’qul», — deb hisoblaydi Timur Ishmetov.

Avvalroq Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov so‘mning 12 foizga devalvatsiya bo‘lishini hozirgi vaziyat uchun me’yoridagi holat ekanini ta’kidlagan edi. Dollar kursining oshishi mamlakat tashqi qarzi va korxonalarning valyuta kreditlariga xizmat ko‘rsatilishiga ta’sir qilmaydi, deya qayd etdi MB rahbari.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан