Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






So‘mdan no‘llar olib tashlanadimi? – Markaziy bank raisi javobi
20.08.2019 12:43,  
139

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov O‘zbekiston milliy valyutasi - so‘mning denominatsiyasi bo‘lishi haqida o‘z fikrlarini aytdi.

Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.  

“Denominatsiya oddiygina nollarni o‘chirish emas, katta iqtisodiy xarajat. Biz denominatsiya qilmoqchi emasmiz. Markaziy bank raisi sifatida aytmoqchiman, denominatsiya hech kimning xayolida yo‘q.

Denominatsiya iqtisodiy barqarorlik va kuchli inflyasiya sharoitida o‘tkaziladi.  Bizda ahvol unday emas”, - deb ta’kidladi Markaziy bank raisi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil 22 avgustida O‘zbekistonda 50 ming so‘mlik, 2019 yil 25 fevralida – 100 ming so‘mlik banknotalar muomalaga kiritilgan edi.

Ma’lumot uchun: denominatsiya bu – moliyaviy islohotning bir turi bo‘lib, u valyuta nominal qiymatini kamaytirishni, bin necha eski namunadagi qog‘oz pul o‘rniga 1 ta yangi namunadagi banknota ishlatishni  nazarda tutadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан