Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sobiq davlat kotibi O‘zbekiston oltinlari saqlanayotgan davlatlar nomlarini oshkor qildi
16.05.2019 11:11,  
40

Mustaqil O‘zbekiston tarixida birinchi va so‘nggi (yagona) Davlat kotibi Rahim Rajabovich O‘zAga bergan intervyusida mustaqillikning ilk yillarida O‘zbekistondan qazib olingan oltin miqdori, u saqlanayotgan davlatlar nomlari va shu kabi ba’zi sirlarni oshkor qildi.

– Bir voqeani aytay. Mustaqilikka endigina bir yarim-ikki yil chamasi bo‘lgan edi. Men Zarafshonga bordim: 10 oyda 10-15 tonna oltin kam qazib olingan ekan. Ular (ya’ni kon rahbarlari) “otdan tushsayam, egardan tushmagan” vaqtlar. Bizga bo‘ysunmaslik holatlariyam bor edi, hammasi sabotaj qiluvchi, quloqlari ana u yoqqa (Moskva tomonga) qaragan edi. Shular bilan masalani qattiq muhokama qildik. Men “Oltin bizniki, u avval bizning xazinaga tushadi. Shundoq bo‘lgach, uning hisob-kitobini ham to‘g‘rilab qo‘yinglar. Agar sizlar – biz ketib, o‘zbeklar oltinni qanday qilib qazib oladi, konlarni qandoq ishlatadi, desangiz, adashasiz. U chirimaydi. Qachon qazib olishga qurbimiz yetsa, o‘z kadrlarimiz yetishib chiqsa – qazib olamiz. Unga qadar yer ostida yotaveradi”, deya qat’iy aytganman.

– Boshlanish davrlarida yiliga 50-60 tonna olinardi. Hozir 2-3 marta ko‘payib ketgan. U paytda bittagina zavod, ya’ni “GMZ-1” bor edi, hozir shunaqa zavoddan uchtasi ishlaydi. 

– Shunday sirlar borki, uni 20 yilda, ba’zilarini esa 25 yilda ochish mumkin. Ularni vaqtidan oldin gapirib qo‘yish – qonun oldida javobgarlik. To‘g‘ri, bilaman, lekin ularni oshkor etish vaqti kelgani yo‘q. Bir narsani ayta olamanki, O‘zbekiston oltinlari – Angliyada ham, Shveysariyada ham, hatto Amerika banklarida ham bor...

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан