Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sobiq madaniyat vaziri Tursunali Qo‘ziyev Madaniy meros agentligiga rahbar etib tayinlandi
7.11.2021 15:34,  
45

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, professor Tursunali Qo‘ziyev Karimjonovich 5 noyabrdan Madaniy meros agentligi direktori vazifasini bajaruvchisi lavozimiga kirishadi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar qildi.

U 1951 yil 18 noyabrda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1976 yil Benkov nomidagi bilim yurtini, 1982 yil Toshkent san’at institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on shahar bosh rassomi, viloyat madaniyat fondi raisi, Respublika badiiy bilim yurti direktori lavozimlarida ishlagan.

1995 yildan keyin Prezident devoni konsultanti, madaniyat ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston badiiy akademiyasi raisi sifatida ishlagan.

2011—2013 yillar mobaynida madaniyat va sport ishlari vaziri sifatida faoliyat yuritgan. 2013—2016 yillarda Davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika kafedrasi professori bo‘lgan.

Madaniy meros rahbarligiga tayinlanishdan oldin esa Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi rahbarining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан