Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sobiq madaniyat vaziri yangi lavozimga tayinlandi
17.04.2020 11:02,  
1510

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalarining rahbar kadrlarini lavozimlarga tayinlash to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq,

Baxodir Madjitovich Axmedov — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Mahalla, oila va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatining mudiri etib;

Kamal Saidakbarovich Rizayev — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati mudiri etib tayinlandi.

Bahodir Ahmedov 1973 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U Olmazor tumani madaniyat va sport ishlari bo‘limi mudiri, Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Toshkent viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig‘i, Madaniyat va sport ishlari vazirining o‘rinbosari, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi o‘rinbosari, Madaniyat va sport ishlari vaziri, Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari kabi mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан