Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sobiq politsiyachi o‘nlab ayollarni o‘ldirib, o‘z hovlisiga ko‘mgani aniqlandi
21.05.2021 11:58,  
3112

Salvadorda sobiq politsiyachi o‘nlab ayollarni o‘ldirgan va ularning jasadlarini o‘z hovlisiga ko‘mgan. Bu haqda Britaniyaning The Guardian gazetasi xabar bermoqda, deb yozadi "Aniq.uz".

51 yoshli Ugo Ernesto Osorio Chaves may oyida ayol va uning qizini o‘ldirishda ayblanib hibsga olingan edi. Ilgari, erkak jinsiy jinoyatlar sodir etganlikda gumon qilingandi. Osorio Chavesning uyida olib borilgan tintuvlar davomida rasmiylar ayollarning jasadlari ko‘milgan yettita chuqurni topdilar. Bugungi kunga kelib, 24 ayolning jasadi olib chiqilgan va qotilning qurbonlari soni 40 kishiga yetishi mumkinligi xabar qilinmoqda.

Prokuratura yana to‘qqiz gumonlanuvchini hibsga olishga order berdi, jumladan sobiq politsiya va armiya zobitlari. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ular qotilning sheriklari bo‘lishi mumkin va unga qurbonlarini jalb qilishda yordam berishgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан