Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sobiq reper va IShID targ‘ibotchisi Ispaniyada qo‘lga olindi (video)
23.04.2020 12:02,  
1091

Britaniyalik sobiq reper hamda Yaqin Sharqda Iroq va Shom islom davlati guruhi uchun xizmat qilgan Abdulmajid Abdulboriy Ispaniya politsiyasi tomonidan hibsga olindi. Bu haqda Al-Jazira nashri xabar bermoqda.

Abdulmajid janubdagi Almeriya shahrida uyini tibbiy niqob bilan tark etayotgan paytda qo‘lga olindi.

 

Britaniya ommaviy axborot vositalarida Bari ilgari Britaniya-Misr fuqaroligi bo‘lganligi, ammo IShIDga qo‘shilganidan keyin Buyuk Britaniya fuqaroligidan mahrum bo‘lganligi aytilgan. U propaganda videolarda britancha aksenti bilan gapirgani tufayli Sunday Times gazetasi tomonidan IShIDning to‘rt kishidan iborat «The Beatles » guruhi a’zosi deb nom olgan (Buyuk Britaniyaning shu nomdagi mashhur guruhiga qiyoslangan).

Seshanba kuni u bilan birga yana ikki gumondor hibsga olingan deyiladi Ispaniya ichki ishlar vazirligi bayonotida. «Bu arzirli hibsga olish», dedi xavfsizlik manbasi Reyterga.

U bir necha yillardan beri Iroq va Suriyada bo‘lgan hamda IShIDning zo‘ravonlik targ‘ib qiladigan video va fotolarni suratga olgan va ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ib qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан