Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sodiq Safoyevning taklifi kulgilimi?
26.02.2021 09:51,  
2751

Sodiq Safoyev yaxshi niyat bilan aholining yostiqlari ostidagi 10 milliard dollarini ishga solish kerakligini aytgandi. Nima uchundir, ko‘pchilik uning gaplarini yanglish talqin qilyapti. U kishi yurt ichidagi mavjud valyutadan unumli foydalanish haqida gapiryapti.

Uchinchi dunyo davlatlari o‘z o‘lkalarida ish o‘rni yaratish uchun chet eldan sarmoya kiritadiganlarni zo‘r berib qidirishadi. Chunki, chet elliklar zavod-fabrika va hakazo qurish yoki yuksak texnologiya asosida ishlaydigan jihozlarni sotib olish uchun aynan ERKIN ALMAShTIRILADIGAN VALYuTA - EAV olib kirishadi. 

Amerika dollari va yevro kabi pullar dunyoning hamma yerida birdek qabul qilinadigan to‘lov vositasidir. Bir davlatning eksport salohiyati importdan ko‘p bo‘lsa, o‘sha davlatda ortiqcha EAV zahiralari paydo bo‘ladi. Xitoyni bunga birinchi misol qilib ko‘rsatish zarur. 

Xitoyning eksport miqdori import miqdoridan juda ko‘p. Bu esa davlat ko‘plab EAV zahiralariga egalik qilishiga imkon yaratgan. O‘z navbatida, Xitoy O‘zbekistonga o‘xshagan uchinchi dunyo o‘lkalariga ana shu EAVni sarflab, sarmoya olib kirgani yetmagandek, korrupsion hukumatlar amaldorlarini sotib olib,  quriladigan obekt va sotadigan mollarini oshirilgan narxlarda yetkazyapti. Oradagi farq amaldorlarning chet ellardagi bankda hisoblariga yotqiziladi. 

O‘zbekiston kabi davlatlarning import miqdori qilayotgan eksportidan ancha ko‘pligi uchun muttasil EAV taqchilligi yuzaga kelaveradi. Bu esa ichki bozorda EAV narxi oshib, import mollar va unga bog‘liq boshqa mollar narxi ko‘tarilaverishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida milliy pul qadri pasayishi - INFLYaSIYani keltirib chiqaradi. 

O‘zbekiston kabi iqtisodga davlat xo‘jayinlik qiladigan o‘lkalarda chet ellardan kiritilgan sarmoya qaytarib berilishiga davlat kafolat beradi. Bu - EAV evaziga olingan xizmat foyda keltirsa ham, zarar keltirsa ham davlat sarmoyadorga sarflagan pulini jaraq-jaraq to‘layveradi degani. Davlat pulni qayerdan oladi? Soliqlar va yig‘imlar hisobiga xalqdan oladi!

Bitta misol. Pandemiya davrida dunyodagi barcha aviakompaniyalar ish ko‘lami misli ko‘rilmagan darajada keskin ozaydi, ayrimlari vaqtinchalik yopildi, qolgan bir qismi bankrot bo‘ldi. Ko‘plab aviakompaniyalar BOING uchoq zavodiga bergan buyurtmalarini bekor qilishi oqibatida minglab ishchilar ishsiz qolyapti. Shunday bir paytda O‘zbekiston havo yo‘llari aviakompaniyasiga yangi BOING  uchog‘i yetkazib berildi. MAK aviachiptalari narxi hech qachon pasaymasligini endi anglagandirsiz?

Sodiq Safoyev mana shunday korrupsiyalar oldini olish uchun yaxshi taklif berdi, aslida. Agar ishonchli bir mexanizm yaratilib, aholining qo‘lidagi EAV ish o‘rinlari yaratish uchun chet eldan tegishli texnologiya va boshqa mollar sotib olish kabi loyihalarga sarflansa EAV tashqariga ketmaydi. Pul egalari o‘zlarining mablag‘lari qanday sarflanishi ustidan nazorat o‘rnatishi mexanizmi yaratilsa korrupsiyaning bir navi oldi olinadi. 

Sodiq Safoyev taklifini qo‘llab-quvvatlayman.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан