Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sof.uz'ning tanqidiy maqolasi mavzuiga aylangan xalq ta’limi mudirasi ishdan olindi
23.08.2017 10:59,  
8

Iyul oyining 21 sanasida saytimizda “Dalaga yugur, pul yig‘, kartoshka ek”. O‘qituv-chi?!” sarlavhali maqola va audioyozuv e’lon qilingan edi. Audioyozuv internet tarmog‘ida tezlik bilan tarqaldi va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan faol muhokama qilindi.

Mudiraning maktab direktorlari ishtirokidagi yig‘ilishda yozib olingan so‘zlari internetda shov-shuv keltirib chiqargandi. Audioyozuvda maktab o‘qituvchilari va maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari majburiy mehnatga qay tariqa majburlanayotgani aks etgandi.

Natijada maqola qahramoniga aylangan mudira N. Nishonova ishdan olindi va noma’lum sabablarga ko‘ra shu kunning o‘zida yana ishiga tiklandi. Saytimiz bu tushunarsiz voqea haqida “Yana farg‘onalik o‘qituvchilar muammosi haqida: aytamiz va qaytamiz” maqolasini e’lon qilgandi.

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidan olingan xabarga ko‘ra, o‘qituvchilarni vazifasiga kirmagan boshqa ishga majburlagan mudira N. Nishonova ishdan olingan hamda uning o‘rniga sobiq mudira M. Botirova tayinlangan.

Sof.uz respublikamizdagi majburiy mehnat muammolarini yoritishda davom etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан