Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sof.uz O‘zbekistondagi yetakchi saytlarga to‘siq qo‘yilgani munosabati bilan o‘z xavotirini bildiradi
23.06.2018 18:21,  
20

O‘zbekistondagi eng yetakchi axborot-tahliliy saytlari -  Sof.uzKun.uzXabar.uzQalampir.uzAzon.uz'ga kirish qiyinlashgan. Bu holat 3 kundan buyon O‘zbekiston hududida ham, jahon miqyosida ham kuzatilmoqda.  O‘zbekistondagi yetakchi saytlarga DNS’dagi muammolar tufayli kirib bo‘lmayapti.

«O‘zbektelekom» milliy telekom-operatori bu saytlardagi muammolarga aloqadorligini rad etdi.

«Bu axborot tekshirilmagan bo‘lib, yolg‘on xarakteriga ega, negaki ko‘rsatilgan saytlarga ‘O‘zbektelekom’ DNS-serverlarida xizmat ko‘rsatilmaydi», — deyiladi operator bayonotida.

Qayd etish kerakki, ushbu holat .uz domenidagi boshqa yetakchi saytlar bilan ham yuz bermoqda. Shubhali tomoni ham shunda: texnik nosozlik va muammolarga duch kelgan saytlarning barchasi internet foydalanuvchilar orasida ko‘p obunachilarga ega yangiliklar saytlari hisoblanadi. 19 iyun kuni ilk holat Kun.uz va Qalampir.uz saytlarida, sal keyinroq Sof.uz saytida ham kuzatildi. Xususan, nomlari tilga olingan saytlarga xorijda istiqomat qiluvchi mushtariylar kira olmayotgani haqida shikoyatlar paydo bo‘lgach, bunday murojaatlar o‘zbekistonlik o‘quvchilar tomonidan ham bildirildi. 22 iyun kuni Xabar.uz sayti ham shunday muammoga yo‘liqdi, ayni vaqtda sayt manzili vaqtincha o‘zgartirilgan.

Hozirda O‘zbekiston ichida saytlarga kirish muammosi yumshamagan, Kun.uz sayti esa hamon o‘quvchilar uchun yopiq qolmoqda. Shuningdek, Xabar.uz Qalampir.uz sayti vakillari ham yuzaga kelgan holatdan xavotirdaligini bildirishdi. Texnik nosozlik deya e’tirof etilayotgan, aslida erkin jurnalistikani qo‘llab-quvvatlab, tanqidiy maqolalar e’lon qilishga jur’at etgan tahririyat saytlariga kirish yo‘llari to‘sib qo‘yildi. 

Asosan jamiyatdagi ijtimoiy mavzularni yoritib kelayotgan, ayni paytda umuman to‘siqlarga uchragan sayt jurnalistlari tezkor, aniq va xolis axborotni yetkazib berish mas’uliyatini zimmasiga olgan. O‘tgan vaqt mobaynida majburiy mehnat, korrupsiya, ta’lim, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, davlat organlari faoliyati, bank-moliya, qonunchilik, diniy-ma’rifiy, madaniyati sohasida erishilayotgan yutuq va kamchiliklar o‘quvchiga yetkazildi. 

O‘tgan yillar davomida saytlar faoliyatiga turli shaklda to‘sqinliklar kuzatildi. Lekin sayt vakillari belgilangan etika qoidalardan chekinmay, o‘z kasbiga sadoqat bilan ishlashda davom etdi.

Kun.uz mutasaddilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot kotibi Komil Allamjonov bilan suhbatlashgach, davlat rahbarining Matbuot xizmati erkin jurnalistikani qo‘llab-quvvatlashini so‘ramoqda.

Sof.uz O‘zbekistondagi yetakchi saytlarga kirish qiyinlashgani bilan o‘z xavotirini bildiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан