Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sog‘liqni saqlash vazirligi 2 yoshli bolani hayotga qaytargan shifokorni mukofotladi
22.07.2019 17:24,  
14

O‘tgan hafta Toshkentda otalaringolog-shifokor klinik o‘lim holatidagi 2 yoshli bolaning hayotini saqlab qolgani xabar qilingandi. Shundan so‘ng bemor 3-son bolalar klinik shifoxonasiga tez yordam mashinasida shifokor ko‘rigi ostida yuborilgan. Ushbu shifoxonada barcha davolash muolajalari amalga oshirilgan.

Mazkur jarayonda qahramonlik ko‘rsatgan 41 yoshli shifokor Sergey Vladimirovich Tobias “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Mukofotni Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov topshirdi.

– Farzandimni qutqarib qolgan shifokordan judayam minnatdorman. Ota sifatida shifokorning bu fidoyiligini hech narsaga qiyoslay olmayman. Bu holat men uchun haqiqiy qahramonlik, – deydi 2 yoshli Umar Nurillayevning otasi Dilshod Razzoqov. – Ushbu jarayonda bitta shifokor timsolida minglab shifokorlarimizning ezgulikka boy faoliyatining mas’uliyatini, sharafini yanada chuqurroq his etdim. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан