Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sog‘liqni saqlash vazirligiga tegishli korxona 2,3 mlrd. so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
20.11.2019 18:35,  
461

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Tibbiyot qurilish” injiniring davlat unitar korxonasining 2016-2019 yillardagi faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, korxona mansabdor shaxslari Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi bino va inshootlarni ta’mirlash uchun byudjetdan ajratilgan jami 2,3 mlrd. so‘m byudjet mablag‘larini yaqin qarindoshlariga qarashli xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga amalda ko‘rsatilmagan dezinfeksiya va kompyuter xizmatlari, haqiqatda bajarilmagan qurilish ishlari uchun o‘tkazib berib, talon-toroj qilganliklari fosh etilgan.

Bundan tashqari, ular jinoiy yo‘l bilan topilgan pul mablag‘larining asl manbaini yashirib, mulkka aylantirish maqsadida, “Labo”, “Nexia-3”, “Cobalt”, “Lacetti” va “Malibu-2” rusumli jami 9 ta avtomashinalarni xarid qilishib, jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarini legallashtirishgan.

Tekshiruv davomida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarardan 1,1 mlrd. so‘mi qoplanishi ta’minlandi.

Hozirda, mazkur holatlar yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi “Tibbiyot qurilish” injiniring davlat unitar korxonasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан