Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Soliq boshqarmasi xodimi jinoyat ustida ushlandi
10.03.2021 18:22,  
708

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan hamkorlikda tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i N.T. firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan “O.” MChJning 2020 yildagi qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha 230 mln so‘m salbiy farq summasini jamiyat hisob raqamiga qaytarilishini tezlashtirib berish evaziga jamiyat hisobchisidan ushbu summaning 5 foizi, ya’ni 11,5 mln so‘m talab qilib, 1 000 AQSh dollari va 900 ming so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu xaqdagi xabarni Bosh prokratura departamenti bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan N.T.ga nisbtan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан