Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Soliq nizolarini ko‘rib chiqish reglamenti davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
12.04.2019 18:08,  
7

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlari o‘rtasidagi soliq nizolarini sudgacha hal qilish kengashi tomonidan soliq nizolarini ko‘rib chiqish reglamenti 2019 yil 12 aprel kuni Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlikning telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berdi.

Reglamentga muvofiq, kengash Davlat soliq qo‘mitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi tomonidan avval ko‘rib chiqilgan, lekin natijasi soliq to‘lovchini qoniqtirmagan soliq nizolarini ko‘rib chiqadi.

Jinoyat ishlari doirasida o‘tkazilayotgan soliq tekshiruvlari hamda soliq to‘lovchi sudga shikoyat qilgan soliq nizolari kengash tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.

Kengashning ishchi organi Moliya vazirligida tashkil etiladigan kotibiyat hisoblanadi.

Soliq to‘lovchi soliq nizosini ko‘rib chiqish uchun arizaga quyidagilarni ilova qiladi:

soliq to‘lovchini qoniqtirmagan Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasining xulosasi nusxasi;

ariza soliq agenti yoki vakil tomonidan berilganda ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjat.

Soliq nizosi Kengash tomonidan 15 kun ichida, qo‘shimcha o‘rganishlar talab etilganda 1 oygacha muddatda ko‘rib chiqadi.

Soliq nizosi bo‘yicha Kengash xulosasi bir ish kunida soliq nizosi taraflariga yuboriladi. Kengash xulosasi tavsiyaviy xususiyatga ega.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан