Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Soliq organlari qachon tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlovchi organga aylanadi?
20.09.2019 11:07,  
827

Yaqinda parlamentda Davlat soliq qo‘mitasi rahbarini eshitdik. Vaqt chegaralanganligi sababli ko‘pgina mulohazalarimizni bildirishga ulgurmadik. Fikrimni ijtimoiy tarmoqda bayon qilishni ma’qul deb topdim:
Bugungi kunda mamlakatimizda investitsiyaviy muhitni yaxshilash, tadbirkorlarga yanada qulay sharoitlarni yaratish borasida ko‘p ish qilinmoqda.

Bilasiz, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini samarali tashkil etish, ular faoliyatini yangi yo‘nalishlar bo‘yicha kengaytirishda moliyaviy resurslar muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo hozirda ayni yo‘nalishda ba’zi muammolar ham bo‘y ko‘rsatmoqda. Xususan, bugun o‘z faoliyatini to‘xtatgan korxonalarning aksariyati moliyaviy resurs yetishmagani uchun ishlamayapti.

To‘g‘ri, yurtimizda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida katta miqdorda kreditlar berilyapti. Ammo ayrim holatlarda korxonalarning o‘z mablag‘lari — moliyaviy resurslari soliq organlari tomonidan kelasi davr uchun soliq va majburiy to‘lovlar sifatida olib qo‘yilmoqda.

Gapimiz isboti uchun ayrim dalillarni keltirsak.
2019 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, soliq organlari tomonidan ortiqcha undirilgan mablag‘lar 775,2 mlrd. so‘mni tashkil etgan! Birgina Toshkent shahrining o‘zida bu summa 279 mlrd. so‘mni yoki respublika bo‘yicha jami ortiqcha undirilgan mablag‘larning 36 foizini tashkil qilgan. Hisobot davrida yil boshiga nisbatan ortiqcha to‘lovlar Jizzax viloyatida 4,5 mlrd. so‘m (30 foiz)ga oshgan bo‘lsa, Farg‘ona viloyatida 19,6 mlrd. so‘mga (51 foiz)ga ko‘paygan.

Xo‘sh, soliq organlari qachon tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlovchi organga aylanadi? Axir bu xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni moliyaviy jihatdan ochiqchasiga talash bilan barobar-ku. Axir bu mamlakatimizda investitsiyaviy muhitni yaxshilash va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni barbod qilish emasmi? Nahotki, buni Davlat soliq qo‘mitasining mutasaddilari bilmaydi? Bilishsa kerak, albatta. Unda nega masalaga ko‘z yumishyapti? Yoki buning ortida qandaydir bir sinoat bormikan...

O‘sha sinoatni bilishga hammamiz qiziqyapmiz...

Ehtimol, hali kelgusida parlamentdagi biror tadbir chog‘ida Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyatining bu boradagi savollarimizga javobini eshitarmiz.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан