Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Davlat soliq qo‘mitasi keng jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘lgan loyihani muhokamadan oldi
15.04.2020 20:15,  
699

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki boshqaruvining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari tomonidan bank hisob varaqlariga oid axborotlarni Davlat soliq qo‘mitasiga elektron uzatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qo‘shma qarori loyihasi muhokamaga qo‘yilgan edi.

Banklar mijozlarning karta pul o‘tkazmalari haqida soliq organlarini xabardor qiladi - DSQ

Loyiha keng jamoatchilik, OAV va blogerlar, shuningdek, Savdo-sanoat palatasi, senatorlar tomonidan keskin norozilikka sabab bo‘ldi. Xususan, loyihadagi jismoniy shaxslarning bank plastik kartalarini nazorat qilish haqidagi bandni huquqiy asos bo‘lmagani uchun chiqarib tashlash tavsiya qilindi.

Banklar mijozlarning pul o‘tkazmalari haqida doimiy DSQni xabardor qilishi huquqiy asosga ega emas – Savdo sanoat palatasi

Senator Soliq qo‘mitasi va Markaziy bankning qo‘shma qarori loyihasi qayta ishlab chiqilishi lozimligini aytdi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi DSQ va Markaziy banki boshqaruvining ushbu qo‘shma qarori loyihasi muhokamasida ishtirok etgan jamoatchilik vakillariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

“Sizlarning taklif va e’tirozlaringiz mazkur hujjatni takomillashtirishda e’tiborga olinadi“, — DSQ Matbuot xizmati xabarida.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xabar berishicha, kuni-kecha Davlat soliq qo‘mitasining rais o‘rinbosari imzosi bilan Senatga yo‘llangan xati olindi (13.04.2020 yildagi 03/2-12794-son bilan).

Ta’kidlanishicha, maxsus komissiyaning qaroriga muvofiq hujjat loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar ijro muddati ikki oyga uzaytirilgan. Shuningdek, takliflar hamda e’tirozlarni inobatga olinib, Nizom loyihasini muhokamalardan olingan.

Oliy Majlis Senati Davlat soliq qo‘mitasining tanqid, taklif va e’tirozlarga to‘g‘ri munosabatda bo‘lganligini ijobiy baholadi va shu kabi tadbirkorlarning huquq hamda manfaatlariga daxldor barcha me’yoriy hujjatlar doimiy nazorat ostida bo‘lishini bildirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан