Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Soliq qo‘mitasi O‘zbekistondagi «shubhali» korxonalar ro‘yxatini e’lon qildi
2.02.2021 18:20,  
3549

Soliq to‘lovchilar endi o‘z hamkorlari tomonidan hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summalarini to‘laganligiga ishonch hosil qilish uchun maxsus «Lozim darajadagi ehtiyotkorlik» veb-sahifasidan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

To‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summalarini noqonuniy kamaytirishga qaratilgan shubhali bitimlarni amalga oshirgan 396ta tadbirkorlik sub’yekti keltirilgan ro‘yxat shakllantirildi. Davlat soliq qo‘mitasi veb-sahifasiga joylangan ro‘yxat omma uchun ochiq bo‘lib, insofli tadbirkorlar nomlari zikr etilgan korxonalar bilan hamkorlik qilishda ogoh bo‘lishi so‘raladi.

Davlat soliq qo‘mitasining ma’lum qilishicha, soliq summalarni noqonuniy kamaytirishga qaratilgan shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan korxonalarni aniqlash mezonlari etib quyidagilar belgilangan:

– ta’sischiligida (rahbarligida) ro‘yxatdan o‘tgan ikki va undan ortiq tadbirkorlik sub’yektlari qisqa muddat (1 yil) faoliyat yuritgan holda 100,0 mln.so‘m va undan ortiq soliq majburiyatini (soliq qarzini) bajarmagan holatlar mavjudligi;

– bir yil davomida uch va undan ortiq hududga yuridik manzilini o‘zgartirishi;

– faoliyat boshlagan davrdan boshlab, qisqa muddatlarda yirik miqdorda tovar aylanmasini amalga oshirib, rasmiy ishlayotgan xodimlar sonini kam ko‘rsatish;

– rasmiylashtirilmagan (kirim qilinmagan) tovarlarni saqlashi, ulardan foydalanishi va realizatsiya qilinishi;

– xarid qilingan tovarlarni (shu jumladan, import) realizatsiya qilmasdan qoldiqda aks ettirilishi va (yoki) tovar qoldig‘i mavjud bo‘lgan holda qo‘shimcha ravishda aynan shu tovarlarni xarid qilinishi;

– soliq majburiyatini bajarmagan sub’yektlarni o‘ziga qo‘shib olish natijasida bankrotlik e’lon qilishi;

– soliq to‘lovchi tomonidan qayd etilgan manzil (bozorlar, savdo komplekslari va biznes markazlar bundan mustasno) bir nechta (uch va undan ortiq) soliq majburiyatini bajarmaganligi natijasida bankrot deb topilgan, shuningdek, soliq to‘lamaslik xavfi yuqori bo‘lgan boshqa soliq to‘lovchilar tomonidan ko‘rsatilgan manzil bilan mos kelishi;

– huquqni suiiste’mol qilish, qalbaki yoki ko‘zbo‘yamachilik uchun bitimlar tuzish (operatsiyalar amalga oshirish) orqali soliqlarni to‘lamaslik yoki to‘liq to‘lamaslik faktlari aniqlanganda;

– to‘lanishi lozim bo‘lgan QQS summalarni kamaytirish tarzidagi huquqni suiiste’mol qilgan (shubhali) korxonalar ro‘yxatiga kiritilgan sub’yektlar bilan bir necha marta (ikki va undan ortiq) operatsiyalarning amalga oshirilishi.

«Ushbu ro‘yxatga kirgan 396ta korxonalar va ularning 10 mingga yaqin kontragentlariga tegishli xabarnomalar yuborilgan. Agarda ular aniqlashtirilgan soliq xisoboti taqdim qilsalar hamda xisoblangan soliq summalarini to‘lasa, huquqiy oqibatlar kelib chiqmasligi va mazkur ro‘yxatdan chiqarish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Mazkur ro‘yxat asosidagi servis tadbirkorlar va aholi orasida qonuniy biznes yuritishning nufuzini oshirishga hamda noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga nisbatan murosasizlik hissini shakllantirishga xizmat qiladi», – deyiladi qo‘mita xabarida.

Soliq qonunchiligiga ko‘ra, soliq munosabatlarida soliq to‘lovchilar kontragentlarni tanlash chog‘ida lozim darajada ehtiyotkorlik qilishlari kerakligi belgilangan. Bu kontragentning bitim (operatsiya) bo‘yicha majburiyatlarni bajarish qobiliyatini, ya’ni buning uchun tegishli ishlab chiqarish bazasi va xodimlarning mavjudligi, uning moliyaviy holati va ishbilarmonlik obro‘sini tekshirishga qaratilgan harakatlardan iborat bo‘ladi. Bundan tashqari, kontragentning soliq organlarida QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tganligini o‘rganish talab etiladi. Lozim darajada ehtiyotkorlikni namoyon qilmaslik soliq to‘lovchilarga xarajatlarni tan olmaslik uchun alohida holat bo‘la olmaydi.

Soliq kodeksining 15 moddasiga muvofiq, «soliq to‘lovchi tomonidan uning oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmagan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar bo‘yicha qilingan xarajatlar (ko‘rilgan zararlar), agar ushbu soliq to‘lovchi bitim tuzayotganda lozim darajada ehtiyotkorlik qilmagan bo‘lsa, soliq solish maqsadida tan olinmaydi».

Soliq to‘lovchilarning ayrim harakatlari – qachonki, soliq to‘lovchi yagona yoki ustuvor maqsadi soliq to‘lamaslik tarzidagi asossiz soliq nafi olishdan yoxud o‘zi to‘laydigan soliqlarning summasini kamaytirishdan iborat bo‘lgan operatsiyalarni yoki operatsiyalar ketma-ketligini amalga oshirsa, uning bunday harakatlari huquqni suiiste’mol qilish deb e’tirof etiladi.

Shuningdek, huquq suiiste’mol qilingan hollarda, soliq organlari soliq to‘lovchi to‘lashi lozim bo‘lgan soliqlarning summalarini aniqlashda huquqni suiiste’mol qilish alomatlariga ega bo‘lgan ayrim operatsiyalarni yoki operatsiyalar ketma-ketligini e’tiborga olmaslikka haqli.

Soliq kodeksining 14-moddasiga binoan, «soliq organlari to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar summalarini bunday suiiste’mollikning ta’sirini istisno etadigan tarzda o‘zgartirishga haqli».

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан