Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Soliq tushumlarining kamayib ketishi karantinni yumshatilishiga olib keladimi?
18.04.2020 19:34,  
501

Avval ma’lum qilinganidek, bugun AOKA huzuridagi shtabda Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Muzaffar Yusuf Nazarov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Bir oylik karantin davrida majburiy to‘lovlar va soliq tushumlari necha foizga kamaydi?

Javob: Joriy yilning 16 martidan boshlab respublikamizda koronavirus pandemiyasi munosabati bilan karantin e’lon qilingan bo‘lsa-da, mart oyi yakuni bilan byudjet tushumlariga ta’sir qilmadi.

Jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha to‘lov muddati 15 oktyabrga ko‘chirilgani, yakka tartibdagi 195 mingga yaqin tadbirkorlar faoliyatini vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘lganliklari sababli:

– jismoniy shaxslarning mol – mulk va yer soliqlaridan tushumlar 3 barobarga pasaygan (130 mlrd.so‘mdan 40 mlrd.so‘mga tushgan);

– YaTTlarning qat’iy belgilangan solig‘i bo‘yicha tushumlar ham 84 foizga kamaygan (tabiiyki ularning 80% ortig‘i faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lishgan).

To‘lov muddati uzaytirilgan bo‘lsa-da, fuqarolarimiz 40 mlrd. so‘mlik soliqlarini uyida o‘tirib, interaktiv tarzda to‘lab berdilar.

Savol: Soliq tushumlarining kamayib ketishi karantin qoidalarini yumshatilishiga olib kelishi mumkinmi?

Javob: Fuqarolar sog‘ligi muhimligi tufayli bu holat karantin qoidalarini yumshatilishiga sabab bo‘la olmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан