Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






So‘mning AQSh dollariga nisbatan kursi 8,6% ga qadrsizlandi – Markaziy bank
10.10.2020 13:00,  
338

Markaziy bank joriy yilning 9 oyidagi ichki valyuta bozoridagi holat 2020 yil yil yakuniga qadar kutilayotgan tendensiyalar haqida ma’lumot berdi.

2020 yil 9 oyi davomida milliy valyutaning AQSh dollariga nisbatan almashuv kursi – 8,6 foizga qadrsizlandi. Xususan, milliy valyuta kursi yanvar-aprel oylarida 6,6 foizga pasaygan bo‘lsa, may-sentyabr oylari davomida 2 foizga pasaydi. 

Chet el valyutalarining milliy valyutaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kurslari haftada bir marta belgilanib, dushanba kuni e’lon qilib boriladi.

Bunda AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursini belgilashda hafta davomida O‘zbekiston respublika valyuta birjasidagi kunlik banklararo savdo sessiyalarida mavjud talab va taklif nisbatiga ko‘ra shakllangan kurslarning o‘rtacha tortilgan miqdoridan kelib chiqiladi.

Manba: Markaziy bank

 

Yil yakuniga qadar milliy valyutaning almashuv kursi dinamikasi ichki va tashqi makroiqtisodiy omillar ta’sirida, ichki valyuta bozoridagi mavjud talab va taklifning joriy nisbatidan kelib chiqib shakllanib boradi.

"Umuman olganda, ichki iqtisodiy faollikning tiklanish sur’atlari va asosiy tashqi savdo hamkorlarimizdagi makroiqtisodiy sharoitlarda 2020 yil yakuniga qadar ichki valyuta bozorida holatning nisbatan barqaror shakllanishi, almashuv kursining keskin tebranishlariga olib keluvchi fundamental omillar xatarlari ehtimoli pastligi kuzatilmoqda. Bunda yil so‘nggiga qadar ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklif mutanosibligini saqlash yuzasidan yetarli sharoitlar mavjud", - deyiladi bank xabarida.

 

 

 

 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан