Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






So‘nggi ikki kunda Navoiyda 84 nafar bemor tuzaldi
3.06.2020 13:20,  
148

Navoiy viloyatida bugun ham bir yo‘la 42 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.
Tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (32 nafari Zarafshon shahridan, 4 nafari Xatirchi tumanidan, 3 nafari Tomdi tumanidan, 2 nafari Konimex tumanidan, 1 nafari esa Navoiy shahridan) bo‘lib, 26 nafari erkak, 16 nafari ayol. Ularning yoshi kattasi 71 yoshli onaxon, yoshi kichigi 2018 yil tug‘ilgan. 

So‘nggi ikki kunda bir yo‘la 84 nafar bemor shifo topdi. Ayni paytda viloyatda 164 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Hozirda ulardan 96 nafari sog‘aygan bo‘lsa, qolgan 68 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan samarali davolash muolajalari olib borilmoqda.

Endilikda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar 2961 nafarga yetdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан