Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






So‘nggi soatlarda 300 nafarga yaqin o‘zbekistonliklarda koronavirus aniqlandi
25.07.2020 10:07,  
551

2020 yil 25 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 19 653 (+293) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 242 nafari Toshkent shahrida, 36 nafari Sirdaryo viloyatida, 8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida hamda 7 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 10 472 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (54 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 074 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 138 nafari og‘ir, 40 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан