Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






So‘nggi soatlarda Ukraina va Rossiyadagi vaziyat qanday? So‘nggi soat yangiliklari
5.03.2022 01:20,  
581

✔️Putin Shols bilan suhbatda Rossiya Federatsiyasi Ukraina tomoni bilan, shuningdek, Ukrainada tinchlik o‘rnatilishini istagan barcha bilan muloqotga ochiq ekanini tasdiqladi, deb ta’kidladi Kreml. Ammo Rossiyaning barcha talablarini bajarish shartligi ta’kidlandi. Bular — Ukrainaning neytral va yadrosiz maqomi, demilitarizatsiya, denatsifikatsiya, Rossiya Qrimini tan olish, DXR va LXR suvereniteti;

✔️BBC Rossiyadagi faoliyatini vaqtincha to‘xtatganini va endilikda Rossiya Federatsiyasidan tashqarida faoliyat yuritishini ma’lum qildi;

✔️Yevropada gazning birja narxlari ming kub metr uchun 2400 dollardan oshdi. Bu shu kunning o‘zida qayd etilgan ikkinchi maksimum rekord hisoblanadi.;

✔️Britaniyaning Rolls-Royce avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Rossiyaning Ukrainaga bo‘lgan tajovuzi fonida Rossiyaga avtomobil yetkazib berishni to‘xtatishga qaror qildi, deb xabar qildi kompaniya vakillari Forbes jurnaliga;

✔️Microsoft Rossiyada tovar va xizmatlarni sotishni to‘xtatdi.;

✔️EPAM Rossiya mijozlariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi;

✔️Shveysariya Yevropa Ittifoqidan keyin Rossiyaga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar joriy qilmoqda;

✔️Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) rossiyalik sportchilarning xalqaro musobaqalarda qatnashishni taqiqladi. Rossiya boks federatsiyasi bu qarorni noqonuniy deb hisobladi;

✔️Facebook va Twitter tarmoqlari Rossiyada rasman bloklandi;

✔️Gruziyadagi ikkinchi yirik bank — TBC Bank Rossiya fuqarolari uchun hisob ochishni butunlay to‘xtatdi. Bu haqida mahalliy OAV xabar bermoqda;

✔️Birlashgan Millatlar Tashkiloti Rossiyaning Ukrainaga qilgan tajovuzini tekshirish uchun xalqaro komissiya tuzadi. Bunga faqat Rossiya va Eritreya qarshi chiqdi. Ushbu qaror BMT Inson huquqlari kengashi tomonidan qabul qilingan;

✔️Rossiya va Bularus Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi. Putin, Lukashenko bilan suhbatda, Rossiyaning Ukrainadagi operatsiyasi vazifalari to‘liq bajarilishini ta’kidladi. Belarus prezidenti Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Putin va Lukashenko Rossiya va Ukraina o‘rtasida Belarusda o‘tkazilgan muzokaralarning ikkinchi raundi bilan bog‘liq masalalarni ham muhokama qildi;

✔️Kreml Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar hozirgi vaziyatda sukutda o‘tishi va oshkora bo‘lmasligi kerak, deb hisoblaydi, deya ma’lum qildi Peskov. Rossiya-Ukraina muzokaralari yakunlari bo‘yicha hech qanday hujjat imzolash rejalashtirirmagan, dedi prezident matbuot kotibi. Delegatsiyalar muzokaralarida Rossiya pozitsiyasining elementlari Ukraina e’tiboriga havola etildi. Peskov, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarda delegatsiyalar o‘z pozitsiyalarini bir-birlariga aniq va keraksiz vositachilarsiz yetkazish imkoniyatiga ega ekanligini aytdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан