Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sotib olingan “Damas” boshqa shaxsga tegishli ekanligi ma’lum bo‘ldi
20.03.2021 22:23,  
377

2020 yilning 29 noyabr kuni 40 yoshli Azizbek N., Shahrixon shahri Buvayda MFY., hududida tanishi 27 yoshli Doniyorbek G‘., ga tegishli “Nexia-3” rusumli avtomashinasini 78 000 000 so‘m evaziga sotib, uning o‘rniga avtosalondan yangi “Damas” rusumli avtomashina sotib olib berishni va’da qilib, bergan va’dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan. Bu haqda Tergov departamenti xabar bermoqda.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Azizbek N., Doniyorbek G‘.,larga avtosalondan “Damas” rusumli avtomashina sotib olib berib, ushbu avtomashinani 2021 yilning yanvar oyidan uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, o‘zga shaxsga tegishli avtomashinani berib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Azizbek N.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi tegishli qism va bandlari (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан