Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sovet Ittifoqi AQSh aviatashuvchi kemalarini yadro raketalari bilan yo‘q qilmoqchi bo‘lgan
10.09.2019 14:51,  
125

Pekin 2 000 milgacha bo‘lgan masofadagi Amerika aviatashuvchi kemalarini ballistik raketalar bilan yo‘q qilish rejasini o‘ylab turibdi. Ammo bunday fikr o‘tgan asrning 60-yillaridayoq Sovet Ittifoqidagi harbiy qo‘mondonlarning kallasiga kelgani va oxir-oqibat foydasiz reja bo‘lgani uchun rad etilganini hamma ham bilmaydi.

The National Interest jurnali 1962 yilda chop etilgan va MRB (Markaziy Razvedka Boshqarmasi) maxfiyligini ochgan sovet jurnalidagi maqoladan parcha e’lon qildi. Maqolaga “Amerikaning yirik aviatashuvchi bo‘linmalariga to‘satdan hujum qilish bo‘yicha razvedka ko‘rsatmalari” deb sarlavha qo‘yilgan, muallif – SSSR HDF (Harbiy-dengiz floti) birinchi rang kapitani V. Anufriyev.

O‘shanda Moskvada amerikaliklar o‘z aviatashuvchilaridan SSSRga zarba berishda foydalanadi, deb o‘ylashgan. Anufriyev AQSh o‘z kemalarini ommaviy ravishdan portlardan ochiq dengizga chiqarganini ehtimoliy hujumning alomati deb baholagan.

Uning fikricha, aviatashuvchilar ballistik raketalar uchun noqulay nishon, chunki ular doimo harakatda bo‘ladi. Bundan tashqari aviatashuvchi kemalar boshqa oddiy kemalar orasida manyov qilib yurgani uchun raketalar nishonni topishga qiynaladi. Razvedkachi samolyotlar va suvosti kemalari aviatashuvchilarning taxminiy joyinigina aniqlay oladi. Ko‘p hollarda aniqlangan ob’yekt yordamchi yoki desant tashuvchi yirik kema bo‘lib chiqishi ham mumkin. Bugungi kunda razvedka ancha aniq ma’lumot beradigandek ko‘rinadi, ammo, baribir, hatto yirik aviatashuvchi ham ummonda bir tomchiga aylanib qoladi.

Aviatashuvchini sun’iy yo‘ldosh orqali topish ham mushkul ish – uning koordinatalarini jo‘natish anchagina vaqt oladi. Bu orada aviatashuvchi kutib turmaydi va yanada uzoqroqqa ketib qoladi. Shuning uchun faqat o‘nlab raketalarni ishga tushiribgina bu turdagi kemaga zarba berish mumkin. Biroq bu shunga arziydimi? Undan ko‘ra, o‘ta uzoq masofaga otiladigan zamonaviy “Kinjala” raketalari yoki kemalarga qarshi P-700 "Granit" va P-1000 "Vulkan"ni qo‘llash osonroq usul.

Hozirda ballistik raketalarni urib tushirishga mo‘ljallangan Aegis tizimi tufayli aviatashuvchi kemalarning himoyasi yanada mustahkamroq bo‘lgan. Ayni vaqtda raketalar ham o‘tgan asrning 60-yillaridan ko‘ra ancha “aqlli”. Shunga qaramay, bir necha ming kilometr uzoqlikdagi kemani mo‘ljalga olish hamon eng qiyin masala bo‘lib turibdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан