Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sovuq havo mevali daraxtlarga qanchalik zarar yetkazdi?
11.03.2021 09:41,  
297

Navoiy viloyatida 24—27 fevral kunlari kuzatilgan anomal sovuq ob-havodan mevali daraxtlar, kuzgi bug‘doy va beda nihollari zararlangan deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatda Gidrometeorologiya boshqarmasiga qarashli meteostansiya va agrometeorologik post kuzatuvlari o‘tkazilgan.  

24—27 fevral kunlari kuzatilgan anomal sovuq ob-havodan mevali daraxtlar, kuzgi bug‘doy va beda nihollari quyidagicha zararlangan:

o‘rik daraxti gullari — 75-80  foizgacha;

olma daraxti kurtaklari 50-60 foizgacha;

olxo‘ri va olcha kurtaklari 15 foizgacha;

tut daraxti kurtaklari 20 foizgacha;

beda poyalarida 30 foizgacha zararlanish kuzatilgan.

Ta’kidlanishicha, tok daraxtida zararlanish kuzatilmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан