Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Aripov ishtirokidagi sessiyada So‘x tumani hokimi almashdi
3.06.2020 16:27,  
1190

3 iyun, chorshanba kuni Farg‘ona viloyati So‘x tumanida navbatdan tashqari sessiya bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, So‘x tumani hokimining o‘rinbosarlari, tumandagi davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, Farg‘ona viloyati hokimining ӯrinbosarlari, viloyat boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, viloyat huquq-tartibot idoralari rahbarlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ullari, Bosh vazir o‘rinbosarlari, respublika vazirlik va idora rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, sessiya ishida Ӯzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etdi. 

2019 yildan buyon tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Sayidbahrom Sayidmusayev So‘x tumani hokimi etib tayinlandi.

Sayidbahrom Sayidmusayev 1970 yilda Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona davlat universiteti, IIV akademiyasini tamomlagan. Quva, Beshariq tuman hamda Qo‘qon shahar IIB boshlig‘i hamda viloyat IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlagan.

Sayidbahrom Sayidmusayev

Hozirda vazirliklar va viloyat boshqarmalar rahbarlari So‘x tumanida bo‘lib, aholi muammolarini o‘rganish va hal qilish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida manzilli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, 1 iyun kuni bosh vazir Abdulla Aripov Farg‘ona viloyati So‘x tumaniga tashrif buyurgan edi. Tashrif chog‘i vazir xalq bilan uchrashgan edi. Uchrashuvda xalq vakillaridan biri Aripovdan qator muammolarni sanab, ular qatorida tuman hokimligini almashtirishni, jumladan Sayfiddinov degan odamni hokim qilishni so‘ragan edi.

Vakilning tuman rahbariyatini almashtirish haqidagi fikri ham, Sayfiddinovni hokim qilish fikri ham yig‘ilgan xalq tomonidan olqishlar bilan qarshilangan. 

"... Har bitta odamni lavozimga qo‘yishning qonun-qoidasi bor. Davlatchilikning o‘ziga yarasha qonun-qoidasi bor. Albatta, u odamning ham nomzodini ko‘rib chiqamiz", - deya Sayfiddinovning familiyasini yozib olishni yordamchilariga buyurgan edi bosh vazir Abdulla Aripov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан