Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






So‘x tumanidagi vaziyat borasida
1.06.2020 12:00,  
1722

Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida bir hafta yotib, ishlaganman. 2000 yilda Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida ishlardim. O‘sha yili butun O‘zbekistonni chegaradosh hududlarini yil davomida o‘rganganmiz. Ijtimoiy kayfiyatni o‘rganish uchun So‘x tumanida ham bir hafta yotib ishlashimizga to‘g‘ri kelgan.

So‘x tumanida mehmonxonalar yo‘q edi. Shu sabab odamlarning uylarida turishimizga to‘g‘ri kelgan. So‘x nihoyatda chiroyli tog‘lar bilan o‘ralgan tuman. Odamlari juda xushmuomala, mehmondo‘st, saxiy va samimiy.

Kecha So‘xning chashmasida yana ziddiyat paydo bo‘ldi. Chashma – buloq, So‘xning tepalik qismida joylashgan. Bitta buloqning o‘zi kattagina soyga aylanib, pastga tushadi. Yigirma yil oldin ham chegaradosh qirg‘iz aholisi ushbu chashmani olib qo‘yishni istar edi. Umuman, So‘x aholisi chegara muammolaridan misli ko‘rilmagan azob chekib keladi. O‘sha, biz borgan 2000 yilni o‘zida bir necha homilador ayollar Farg‘ona tug‘uruqxonasiga kelish uchun vaqtida chegaradan o‘tolmay, o‘lgan holatlari bo‘lgan. Tabiiy, qirg‘iz chegarachilari sun’iy to‘siqlar qilishgan, vaqtida o‘tkazib yuborishmagan.

So‘x muammosi ikki davlat hukumatlari o‘rtasida ko‘p marta ko‘tarilgan. Har safar kelishuvga erishiladi, lekin qirg‘iz aholisi bu kelishuvlarni inkor qilaveradi. Bu muammo o‘z-o‘zidan tinchib ketishiga yoki siyosiy-diplomatik yo‘llar bilan hal bo‘lishiga ishonmayman. Turkiy hamjihatlik g‘oyasini inkor qilmayman. Lekin, turkiy davlatlari va xalqlarining madaniyati bir-biridan jiddiy farq qilishi ham bor narsa.

O‘zbekiston diplomatiya va siyosiy kelishuvlar salohiyatini parvarishlagan holda, So‘xda hamda qo‘shni respublikadagi millatdoshlar bilan hamkorlik va himoya tizimlarini parvarishlab borishi lozim. O‘zbekiston har qanday vaziyatlarga tayyor turishi, har qanday ziddiyatlarda, o‘z mavqeini kengaytirish choralari borasida loyihalar ustida o‘ylanishi lozim.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан