Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






So‘x tumanini kompleks rivojlantirishga oid prezident qarori qabul qilindi
9.08.2020 11:58,  
193

Prezidentning "2020-2021 yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi Qarori qabul qilindi. Hujjat matni Milliy axborot agentligi veb-saytida chop etildi. 

Qarorga muvofiq Vazirlar Mahkamasi 2020-2021 yillarda So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlarining manzilli dasturini tasdiqlaydi.

Dasturga kiritilgan loyihalarning bajarilishini muntazam ravishda har oyda bir marta So‘x tumanida, har chorakda bir marta respublika darajasida muhokama qilib borish va muammoli loyihalar yechimi yuzasidan zarur va tezkor chora-tadbirlarni amalga oshiriladi.

Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiyot tarmoqlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida:

  • a) 2020 yilda jismoniy shaxslar yer solig‘i va mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod etildi;
  • b) joriy yil 1 avgustdan boshlab 2021 yil 31 iyulga qadar:
  • yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i amaldagi qat’iy belgilangan soliq stavkasining 50 foizi miqdorida belgilandi;
  • alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini olish uchun yig‘imni to‘lashdan ozod qilindi.

Tadbirkorlarning biznes loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida kredit foiz stavkasining 10 foizli punktidan yuqori bo‘lgan qismini, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmagan miqdorini Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya qilish tartibi joriy etiladi.

Moliya vazirligi tijorat banklari bilan birgalikda So‘x tumani aholisiga yangi uy-joy qurishlari uchun ipoteka kreditlari ajratadi.

Farg‘ona viloyatining So‘x tumani hokimiga Farg‘ona viloyati hokimligi bilan kelishgan holda 2022 yil 1 yanvarga qadar tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar uchun, istisno tariqasida, sug‘oriladigan yer maydonlaridan tashqari yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish huquqi berildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Farg‘ona viloyati hokimligi bilan birgalikda tumandagi sog‘liqni saqlash muassasalariga yuqori malakali mutaxassislarni ishga jalb qiladi.

So‘x tumanida joylashgan tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan shifokorlarning lavozim maoshlariga sohadagi ish stajining birinchi uch yili uchun tarif stavkasiga nisbatan 40 foiz va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 15 foiz miqdorda, ustamaning eng ko‘p miqdori 100 foiz o‘rnatiladi. 

So‘x tumanida joylashgan tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan shifokorlarning lavozim maoshlariga oylik qo‘shimcha ustamalar, ijtimoiy nafaqalar hamda So‘x tumani mahalliy byudjetining soliqlardan berilgan imtiyozlari hisobiga vujudga kelgan yo‘qotishlari joriy yilda Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi.

Farg‘ona shahridan So‘x tumaniga kichik aviatsiya transporti orqali aholiga maqbul narxlarda qatnovlar yo‘lga qo‘yilishini ta’minlanadi. Farg‘ona viloyati hokimligi bir oy muddatda So‘x tumanida samolyot va vertolyotlar uchun uchish-qo‘nish maydonchalarini tashkil etadi.

Viloyat hokimligi, shuningdek, So‘x tumani aholisi uchun Farg‘ona viloyatining Yozyovon, Qo‘shtepa, Bag‘dod, Rishton va Buvayda tumanlari hududida dehqonchilik qilish uchun ekin yer maydoni va ipoteka kreditlari asosida kvartiralar ajratadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан