Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«So‘x voqeasida» Bosh vazirdan Shuhrat G‘aniyev iste’fosini talab qilgan bloger qamoqqa olingani aytilmoqda
28.08.2020 18:23,  
1611

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, «So‘x voqeasida» Bosh vazir yoniga chiqib, Shuhrat G‘aniyev iste’fosini talab qilgan 22 yoshli bloger bir necha kundan buyon qamoqda saqlanib kelinmoqda.

Youtube tarmog‘ida 800 mingdan ortiq obunachi yiqqan Dadaxon Haydarov, bu nizolar ortidan tumanga borib, norozi so‘xliklar bilan yuzma-yuz uchrashgan Bosh vazir Abdulla Aripov oldida so‘zga chiqqandi.

So‘xliklar bosh vazir oldida G‘aniyevni hokimlikdan ketishini talab qildi (video)

O‘sha uchrashuvda Haydarov, o‘zi yashab turgan So‘x tumani muammolarini yoritishida mahalliy rahbarlar to‘sqinlik qilishini aytgan, tuman muammolarini Toshkentga yetkazishda A. Aripovdan yordam so‘ragan edi.

Abdulla Aripov So‘xda nima ishlar bilan shug‘ullandi? (foto)

Shuningdek, u tuman rahbarlari hamda Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevni almashtirishni so‘ragan:

“So‘x tumanida yagona men bloger bo‘lib ishlayman. YouTube tarmog‘ida o‘zimning auditoriyam bor. Qachonki, So‘x muammosini Internetga chiqaradigan bo‘lsam, mana shu o‘zimizning hokimiyatdagilar: «Chiqarma, o‘zingning boshingga balo bo‘ladi!» deyishadi. Sizdan iltimos, So‘x tumanida shunday tashkilot yaratingki, bu yerni muammolarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Toshkentga yetkazsin! Bizga Farg‘ona hokimiyati kerak emas! So‘xni tumanigayam yangi xodimlarni joylashtiring, iltimos! Kerak bo‘lsa, Farg‘ona viloyat hokimini ham almashtiring!”

Uning bu gaplarini uchrashuv joyiga yig‘ilgan yuzlab odam hayqiriqlar bilan quvvatlagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан