Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






So‘xda samolyot va vertolyotlar uchun aerodrom tashkil qilinyapti
12.08.2020 17:46,  
208

So‘x tumani hokimligi axborot xizmati xabar berishicha, «Novobod» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida kichik aeroport tashkil etilmoqda. Mazkur maydon salkam 10 gektar maydonni egallaydi. Bu yerdan ilgari mahalliy aholi aeroport sifatida foydalangan.

Aviaqatnovlarga O‘zbekistondagi «Humo AIR» aviakompaniyasining An-2 samolyoti (12 ta yo‘lovchi sig‘imiga ega), O‘zbekiston havo yo‘llarining «Uzbekistan Helicopters» MChJga qarashli MI-8 vertolyotlarini (16 nafardan 20 nafargacha odam olish imkoniyatiga ega) jalb qilish ko‘zda tutilmoqda.

Yo‘lovchilar 35-40 daqiqada Farg‘onadan So‘xga yoki So‘xdan Farg‘onaga yetib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Parvozlarni hozircha kuniga 2 tadan amalga oshirish mo‘ljallanmoqda. Kelgusida talabga qarab aviqatnovlar ko‘payishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан